KitobTTB.uz

Kitob tumanidagi tibbiyot muassasalari zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF–88-sonli Farmoni — “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat ijrosini ta’minlash doirasida Kitob tumanida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Xususan, Kitob tumani Tibbiyot birlashmasiga 130 dona zamonaviy kompyuterlar topshirildi. Ushbu texnik jihozlar yordamida davolash-profilaktika muassasalarida elektron axborot tizimini joriy etish, bemorlar to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarni yuritish, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifati oshiriladi.

Muhimi, mazkur raqamli tizim mutaxassislar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan va hozirda tajriba-sinov loyihasi talablari asosida takomillashtirilmoqda.

Telegram
Facebook
WhatsApp
OK