KitobTTB.uz

Kitob tumanida tibbiyot xodimlari test sinovlaridan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF–88-sonli Farmoni asosida hamda Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-maydagi 152-sonli buyrug‘iga muvofiq, Kitob tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tibbiyot birlashmasining xodimlari test sinovlarini topshirdilar.

📡 Test jarayonlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Malaka baholash markazining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn translyatsiya qilindi.

🔍 Imtihonlarning shaffofligi xolisligini ta’munlash maqsadida jarayonlar:

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi direktori,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati bo‘limi vakillari kuzatuvida amalga oshirildi.

Telegram
Facebook
WhatsApp
OK